Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harris — Demokratlar partiyasidan prezidentlikka rasman nomzod

Harris — Demokratlar partiyasidan prezidentlikka rasman nomzod

Foto: Kevin Mohatt/Reuters

Rasmiy ovoz berish yakunlariga ko‘ra, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda Demokratlar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod etib tasdiqlandi, deb xabar berdi CNN.

AQShda prezidentlik saylovi 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jo Bayden 21-iyul kuni saylovoldi kurashidan chiqqanini e’lon qilganidan so‘ng, vitse-prezident Kamala Harris Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘ldi.

Avvalroq mustaqil nomzod Robert Kennedi Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring