Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chig‘anoq» loyihasining ilk kitobi nashrdan chiqdi

«Chig‘anoq» loyihasining ilk kitobi nashrdan chiqdi

«Mikrokreditbank» ATB hamda «Ijod nashr» nashriyoti O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish maqsadida hamkorlikda «Chig‘anoq» loyihasini ishlab chiqdi.

Loyiha doirasida bugungi o‘zbek she’riyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan navqiron vakillarining kitoblari bank moliyaviy ko‘magida chop etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha bo‘yicha dastlab 5 nafar muallifning kitoblarini nashr etish hamda talabga qarab davom ettirilishi maqsad qilingan.

Mualliflar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ta’sis etilgan nufuzli tahrir hay’ati hamda bank Rahbariyati tomonidan tanlandi. 

Bank jamoasi aholiga moliyaviy xizmatlar taklif etish bilan bir qatorda, milliy adabiyotning durdona namunalarini vatandoshlarimizga yetkazish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha doirasidagi ilk asar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Faxriddin Hayit ijodiga mansub bo‘lgan «Osmon yerga yaqin» kitobini nashr etishda ko‘maklashdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton ta’kidlaganidek, «bu kitob bir ijodkor ko‘z o‘ngida kechayotgan hayot haqida».

«Biz esa ushbu asarni o‘zbek o‘quvchilariga taqdim etayotganimizdan hursandmiz. O‘ylaymizki, «Chig‘anoq» loyihasi doirasida nashrdan chiqadigan asarlar xalqimizga manzur bo‘ladi», – deyiladi Bank axborot xizmati ma’lumotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring