Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

2024 yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng miqyosli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi sifatida yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va mahalliy avtohavaskorlar talablariga moslashtirilgan funksiyalarni birlashtirgan holda ommabop krossoverlar segmentida bessellerga aylanishni va’da qilmoqda.

Chery Tiggo 2 Pro – shahar muhiti va yengil darajadagi yo‘lsiz sharoitga mos keladigan ishonchli va manyovrli krossover. O‘ziga xos uslubli dizayn, texnologik yechimlar va foydalanish xarajatlari esa yuqori emasligi, uni o‘zbekistonliklar uchun jozibador variantga aylantiradi. Avtomobil yorqin xromlangan radiator panjarasi va Tiggo turkumiga oid o‘ziga xos qiyofani yaratuvchi LED elementlari bilan ajralib turadi.

Tiggo 2 Pro krossoveri CVT pog‘onasiz uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan bir litr ega turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lishi, uni ravon harakatlanishini ta’minlaydi va komponentlarning ishdan chiqishini kamaytiradi. Model ikki rangli 17 dyuymli disklar va LED elementlari, spoyler va hajmi 420 litr bo‘lgan qulay yukxonasi mavjud bo‘lgan o‘zgacha uslubli orqa qismga ega. Krossover AI-92 va undan yuqori yonilg‘ida ishlaydi, yonilg‘i sarfi esa aralash siklda 100 km uchun 6,3 litrni tashkil qilishi, uni raqobatchilar orasida narx/sifat bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi.

Tiggo 2 Pro ichki jihozlanishi haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Isitiladigan ekocharm bilan qoplangan o‘rindiqlar, yumshoq bezak elementlari va qurilmalar panelining ergonomik dizayni uzoq safarlarda ham qulaylik yaratadi. Apple CarPlay va Android Auto tizimida ishlaydigan 9 dyuymli ekran aloqada bo‘lish imkonini beradi. Krossoverda salonga kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish funksiyasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Tiggo 2 Pro old va yon xavfsizlik yostiqchalari, ISOFIX mahkamlash tizimi va har qanday sharoitda safarni yoqimli o‘tkazish uchun iqlim-nazorat tizimi bilan jihozlangan.

Sotuvlar boshlanishida model mijozlarning qulaylik va funksionallik ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan bitta komplektatsiyada mavjud bo‘ladi. Taqdimotda e’lon qilingan narx – 214 900 000 so‘m – avtomobilni o‘z turkumida ajoyib taklifga aylantiradi.

ADM Global va Chery brendi yangi Tiggo 2 Pro kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik tarixining muvaffaqiyatli davomi bo‘lishiga ishonadi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Veb-sayt: https://cheryauto.uz 
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/  
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan 
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot 
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan 
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan 

Reklama huquqi asosida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring