Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi-2018/19 ishtirokchilari qancha pul ishlab topdi?

Chempionlar ligasi-2018/19 ishtirokchilari qancha pul ishlab topdi?

Foto: «Twitter.com»

UYeFA chempionlar ligasi-2018/19 ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlangan pul miqdorini e’lon qildi.

Chempionlar ligasi-2018/19 guruh bosqichi va pley-offda ishtirok etgan jamoalar, shuningdek, UYeFA superkubogi ishtirokchilari qariyb 1,976 milliard yevroni bo‘lib olishdi.

Yarim finalchi «Barselona» (117,7 mln yevro), musobaqa g‘olibi «Liverpul» (111,09 mln yevro) va finalchi «Tottenxem» (101,6 mln yevro) eng ko‘p ulushga egalik qilishdi.

«Yuventus» — 95,5 mln, «Manchester Yunayted» – 93,4 mln, «Manchester Siti» – 93,2 mln, «PSJ» – 85,8 mln, «Atletiko» – 85,6 mln, «Real» – 85,3 mln, «Bavariya» – 82,8 mln yevro ishlab topdi.

Eng qizig‘i, guruhda, hatto, to‘rtinchi olgan jamoalar ham quruq qolishgani yo‘q.

To‘liq ro‘yxat bilan «Uefa.com» saytida tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring