Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodan «yo‘lga chiqqan» 1 tonna yaroqsiz go‘sht yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi

Buxorodan «yo‘lga chiqqan» 1 tonna yaroqsiz go‘sht yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi

Navoiy viloyatida epizootik va epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2023-yil 14-mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht mahsuloti aniqlandi.

Xususan, 14-mart kuni soat 02:20 da Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan, fuqaro U.B. boshqaruvida bo‘lgan «GAZ» rusumli avtotransport vositasining yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli bo‘lgan jami 1000 kg lahm go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlarni Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining 2023-yil 14-mart kunidagi xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lib, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring