Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda tajovuzkor bosqinchilar qo‘lga olindi

Buxoroda tajovuzkor bosqinchilar qo‘lga olindi

Shu yilning 28-may kuni Shofirkon tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan A.Sh. ismli shaxs mahalladoshlari 2001 yilda tug‘ilgan S.S., 1993-yilda tug‘ilgan O.I. hamda 1979-yilda tug‘ilgan U.Hlar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.

Ular bir guruh bo‘lib Denov qishlog‘ida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan X.O.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda devordan oshib tushib kirganlar. Xonadon ayvonida noqonuniy ravishda tarkibida tilla zarralari bo‘lgan tuproqni yuvish bilan shug‘ullanayotgan, ishchi bo‘lib yollangan 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan N.Shga hujum qilib, uning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qasddan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra yengil shikast yetkazib, bahosi taxminan 10.000.000 so‘mlik yarim tayyor holatdagi tilla zarralarini qo‘lga kiritganlar, so‘ngra hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIBga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan tezkor texnik hamda surishtiruv harakatlari davomida bosqinchilik qilgan jinoiy guruh a’zolarining barchasi qo‘lga olindi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi « bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring