Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda ikki o‘spirin tovlamachiligi uchun qo‘lga olindi

Buxoroda ikki o‘spirin tovlamachiligi uchun qo‘lga olindi

Buxoroda fuqaroning behayo suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib undan pul mablag‘larini undirib kelgan ikki o‘spirin qo‘lga olindi.

Viloyat IIBga ko‘ra, Buxoro shahrida yashovchi 18 yoshli X.A. va A.I. lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, viloyatning Jondor tumanida yashovchi bir qizning behayo videolarini tarqatish va sharmanda qilish bilan qo‘rqitib undan pul talab qilishgan.

Ular joriy yil 6-fevral kunidan boshlab bir necha marotaba undan pul talab qilib olib kelgan va oxirgi marta talab qilingan 15 mln so‘mdan 9,9 mln so‘mni olgan. Ammo shu bilan ham kifoyalanmasdan yana 4,1 mln so‘m miqdoridagi pullarni berishga majbur qilish darajasiga keltirib qo‘ygan.

Qizning Buxoro viloyati IIBga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ikki shaxs Buxoro shahar Pedagogika instituti oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring