Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 1 milliard 300 million so‘mlik kitob va anjomlar maktablarga bepul tarqatildi

Buxoroda 1 milliard 300 million so‘mlik kitob va anjomlar maktablarga bepul tarqatildi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Buxoroda 13 ta yuk avtomashinalaridan iborat «Tashabbus karvoni» Buxoro yoshlar markazidan viloyatning mavjud 13 ta tuman, shaharlariga  yo‘l oldi. 1 milliard 300 million so‘mlik 55 turdagi 30 000 ta kitob mahsulotlari, 5 mingdan ziyod sport anjomlari va mingdan ortiq musiqa asboblari 526 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bepul tarqatildi.

Viloyatda besh tashabbus doirasida Shofirkon tumanida 2 ta, Kogon shahri, Kogon, G‘ijduvon, Qorovulbozor va Peshko‘ tumanlarida 1 tadan yangi kitob do‘konlari o‘z faoliyatini boshlagan.  Barcha shahar va tumanlarda namunaviy loyiha asosida 20 000 ta kitob fondiga mo‘ljallangan zamonaviy axborot-kutubxona markazlari va book-kafelarni qurish rejasi tasdiqlangan.

Bildirilishicha, ayni paytda Buxoro shahrida xalq kutubxonalarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 9 ta yengil konstruksiyali kitob do‘konlari qurish ishlari olib borilmoqda. 2019 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari uchun mahalliy budjet hisobidan 1,2 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi sport seksiyalari soni 2860 tadan 3050 ta ko‘paytirilgan. Bundan tashqari, olis va chekka qishloqlarida yengil konstruksiyali «Sendvich-panel»dan kichik sport zallari, sun’iy qoplamali sport inshootlari qurish istagini bildirgan 41 nafar tashabbuskor tadbirkorlar aniqlanib, 14 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda. Kogon shahrida Vobkent va Qorako‘l tumanlarida tashabbus doirasida 8 ta raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik o‘quv markazi tashkil etilgan. Viloyat prokurori sektorida «Kitobxon shahar» nomli erkin va ochiq kutubxona tashkil qilinib, unda 4700 dan ortiq badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar jamlangan. Kitobxonlar mazkur kutubxonadan biror-bir hujjat taqdim qilmasdan, ochiq tarzda foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring