Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Vatan himoyachilari kuni — bayramimiz tarixi

Bugun Vatan himoyachilari kuni — bayramimiz tarixi

Bugun yurtimizda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda!

1992 yilning 14 yanvarida O‘zbekiston Parlamenti mamlakat hududidagi barcha harbiy qismlar, texnikalar va harbiy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa O‘zbekiston Qurolli kuchlariga poydevor qo‘yildi.

1993 yilning 29 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga ko‘ra 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilab qo‘yildi. Xabar.uz tahririyati ushbu bayram bilan barchani muborakbod etadi.

Har bir kunimiz tinch o‘tsin, askar va zobitlarimiz har doim o‘z oilasi bag‘riga sog‘-omon qaytib kelsin!

Bayram muborak!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring