Botoks muallifi bir kam 90 yoshda vafot etdi
Kaliforniya shtati (AQSh)da yashagan 89 yoshli oftalmolog Alan Skott vafot etdi. U bugungi kunda kosmetikada keng qo‘llanilayotgan botoksni ishlab chiqqan inson. «Washington Post» xabar berishicha, medik sepsis asoratlari oqibatida mahalliy shifoxonada olamdan o‘tgan.
Alan Skott botoksni aslida tibbiyot maqsadlarida, xususan, g‘ilaylikni davolash uchun ishlab chiqqan. Ushbu vosita qo‘llanilganida nerv-mushak uzatilishi bloklanadi.
Keyinchalik ushbu vosita kosmetologiyada ajinlarni tekislash uchun keng qo‘llanila boshlandi. O‘z yaratgan dorisi go‘zallik sanoatida faol vositaga aylangani eshitib, Alan Smit hayratda qolgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter