Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura Kitobdagi ayanchli voqea bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura Kitobdagi ayanchli voqea bo‘yicha bayonot berdi

29-may kuni soat 10:00da 20 yoshli erkak Kitob shahridagi «Sport majmuasi» oldida o‘zaro tortishuv oqibatida 25 yoshli erkakni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya ma’lumot bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Voqea guvohlariga ko‘ra, marhum hodisa joyida ko‘p qon yo‘qotib vafot etgan. 

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring