Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz bu maskanni musulmonlarga qulaylik bo‘lishi uchun qurmoqdamiz» — Prezident

«Biz bu maskanni musulmonlarga qulaylik bo‘lishi uchun qurmoqdamiz» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari viloyatga qilgan tashrifi davomida Imom Buxoriy ziyoratgohini qayta qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

— Imom Buxoriyning dunyoga kelishi Xudoi taoloning Islom olamiga, xususan yurtimizga qilgan marhamatidir. Biz ulug‘ bobokalonimizning merosini ko‘proq o‘rganishimiz lozim. Imom Buxoriy qoldirgan ilmni, uning o‘gitlarini ayniqsa yoshlarimizga o‘rgata olsak, adashganlar kamayadi. Yurtimizda hamisha tinchlik va baraka bo‘ladi. Xalqimiz bu yerni kelib ziyorat qilsa, Imom Buxoriydan qolgan ilmni o‘rgansa, yurtimizga qut baraka bundan ham ko‘proq yog‘iladi, — dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident, shuningdek, yangidan bunyod etilayotgan qadamjoda ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar bo‘lishi shartligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

— Biz bu ziyoratgohni kimgadir ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki musulmonlarga qulay bo‘lishi uchun qayta qurmoqdamiz. Shuningdek sharoit yaxshi bo‘lsa, yurtimizda ziyorat turizmi ham rivojlanadi. Imom Buxoriyni ziyorat qilishni orzu qilganlar juda ko‘p, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring