Bir og‘iz gap kvant kompyuterlar qiymatini keskin tushirib yubordi
Kvant hisoblashlar (kompyuterlar) bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning aksiyalari kecha, 8-yanvar savdolari yakuniga ko‘ra, o‘rtacha 40 foizgacha qiymatini yo‘qotdi.
Shuncha yo‘qotish aybdori Nvidia bosh direktori Jensen Huang deyilmoqda. U chinakamiga foydali kvant kompyuterlar 20 yillardan keyin chiqishi mumkin deganidan so‘ng «aksiyalar sho‘ng‘ishi» boshlanib ketdi.
Holbuki, shu bir jumlagacha kvant kompyuterlarga qiziqish zo‘rligidan kotirovkalar ming foizdan ham yuqorilab ketgandi. Huangning bashorati qaynoq temirga muzdek suv sepgandek ta’sir qildi, deb voqeani izohladi Reuters.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter