Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring