TIV o‘rinbosari BAA elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIVda BAA elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
2024-yil 2-dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashdi.
Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi, deyiladi TIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval o‘ttizdan oshiq o‘zbekistonlik Abu-Dabi aeroportida BAAga kiritilmadi. Ular Wizz Air aviakompaniyasi reysi bilan uchib borgandi. Ularning mamlakat kiritilmaslik sababiga izoh berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter