Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliya mudofaa vaziri idorasida hamkasbi tomonidan zo‘rlangan ayol politsiyaga murojaat qiladi

Avstraliya mudofaa vaziri idorasida hamkasbi tomonidan zo‘rlangan ayol politsiyaga murojaat qiladi

Foto: «ABC News»

Mamlakat mudofaa vaziri idorasida hamkasbi tomonidan zo‘rlangan Avstraliya hukumatining sobiq xodimi Brittani Xiggins politsiyaga arz qildi. Bu haqda «ABC News» xabar bermoqda.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu 2019-yilda o‘sha paytda mudofaa vaziri Linda Reynoldsning idorasida sodir bo‘lgan. Hodisadan ko‘p o‘tmay u politsiyaga borgan, ammo keyin karerasidan tashvishlanib shikoyat yozmaslikka qaror qilgan. Buning o‘rniga Xiggins sodir bo‘lgan voqea haqida AFPga so‘zlab berdi.

Endi ayol adolat qaror topishiga qat’iy ahd qildi: u allaqachon politsiyaga murojaat qilib, shikoyat arizasini topshirgan.

«Eng avvalo, politsiya sodir bo‘lgan voqeani har tomonlama tekshirishini va jinoyatchi qonun oldida javob berishini xohlayman», — dedi Xiggins.

Avstraliya ichki ishlar vaziri Piter Datton voqeani izohlarkan, haqiqatan ham, AFP uni mudofaa vaziri idorasida zo‘rlaganligi to‘g‘risida xabardor qilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xiggins hodisani keng ommaga ma’lum qilishidan bir necha kun oldin sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, AFP Ichki ishlar vazirligi rahbarini barcha tekshiruvlar to‘g‘risida oldindan xabardor qilishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring