Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Atambayevning hibsdagi muddati yana uzaytirildi

Atambayevning hibsdagi muddati yana uzaytirildi

Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi. Bu haqda sobiq prezident advokati Zamir Jooshev ma’lum qilgan.

Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, sud Atambayevni hibsda saqlash muddatini ikki oyga, ya’ni 2020-yil 15- martgacha uzaytirgan. Navbatdagi sud jarayoni 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.



Mavzuga oid: Cobiq prezident qamoqqa olindi. Endi siyosiy vaziyat qanday tus oladi? (2-maqola)


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 9-avgust kuni hibsga olingan. Atambayevga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) «Alfa» maxsus kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Usenbek Niyazbekovni o‘ldirishda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 7-avgustda Qirg‘iziston Maxsus kuchlari Atambayevning Qo‘ytoshdagi qarorgohiga korrupsiya ayblovi asosida hujum qilishgan edi. Hujum natijasida 36 kishi tan jarohati olgan va bir askar halok bo‘lgan edi. Mazkur voqea ortidan Qirg‘iziston sobiq prezidentiga qotillik ayblovi ham tirkalgan. 

Ikkinchi hujum 8-avgustda amalga oshirilib, Atambayev xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.

Bu hibsda saqlash muddatining ilk bor uzaytirilishi emas. Bundan oldin ham Qirg‘iziston sudi qamoq muddatini 26-oktyabrgacha belgilagan edi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring