Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi – Blinken

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi – Blinken

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi. Qo‘shma Shtatlar bu hududda HAMAS mag‘lub etilmasdan, muammolar «abadiy qoladi», deb hisoblaydi. Bu haqda 10-dekabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«HAMAS hali ham faol bo‘lgan va 7-oktyabrdagi voqealarni takrorlash niyatini ma’lum qilib turgan hozirgi sharoitda o‘t ochishni to‘xtatish shunchaki muammoni davom ettiradi», – deydi Blinken.

U Qo‘shma Shtatlar asirlarni almashish va yordam yetkazish uchun harbiy harakatlarda qisqa muddatli gumanitar tanaffuslarni qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib o‘tgan. Shuningdek, agar HAMAS «qurollarini tashlab, taslim bo‘lsa» urush «ertaga» to‘xtatilishi mumkinligini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Falastin anklavidagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qilinishiga to‘sqinlik qilish uchun veto huquqidan foydalangan edi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rezolyusiyasi bajarilmagani BMT Xavfsizlik Kengashining nufuziga putur yetkazganini aytgan. Jahon tashkiloti bosh kotibining ta’kidlashicha, «ikki oylik harbiy amaliyotlarda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni misli ko‘rilmagan darajaga yetgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring