Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anhor kanalidan erkak jasadi topildi

Anhor kanalidan erkak jasadi topildi

Joriy yil 20-aprel kuni tushlik vaqtida Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi oqib ketayotgani guvohi bo‘lgan va darhol bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga ma’lum qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish xolatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.

Surishtiruv harakatlari davomida joriy yil 21-aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.

Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring