Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android-smartfonlarda yo‘ldoshli aloqa paydo bo‘ladi

Android-smartfonlarda yo‘ldoshli aloqa paydo bo‘ladi

Foto: Freepik

Google kompaniyasi Android amaliy tizimining navbatdagi 14-talqini yo‘ldoshli aloqani qo‘llashi haqida bayonot berdi. 9to5Google xabariga ko‘ra, ushbu funksiya ta’minoti bilan SpaceX fazoviy kompaniyasi va T-Mobile uyali aloqa operatori shug‘ullanadi.

Google kompaniyasining platformalar va ekotizimlar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Hiroshi Lokhaymer ayni paytda Android jamoasi ishlanma ustida izlanayotganini ma’lum qildi. Yo‘ldoshli aloqa Android 14 da 2023-yilning o‘rtalarida yoki oxiriga borib paydo bo‘ladi.

Yo‘ldoshli aloqada ulanish tezligi LTE va 5G ga nisbatan pastroq bo‘ladi, dedi Lokhaymer. SpaceX rahbari Ilon Mask ta’kidlashicha, yo‘ldoshli aloqa, matnli xabarlarni istisno qilganda, bir paytning o‘zida mingtadan ikki mingtagacha ovozli aloqani qo‘llashga qodir.

Yo‘ldoshli aloqa birinchi galda favqulodda vaziyatlarda, xususan, uyali aloqa signallari yo‘q «o‘lik zonalar»dan aloqaga chiqish uchun kerak bo‘ladi.

Avvalroq Apple kompaniyasi yangi iPhone 14 yo‘ldoshli aloqani tutishini ma’lum qilgandi. Biroq uyali aloqa operatorlari bilan muammolari sababli, kompaniya bu funksiyani ishga tushirishi hozircha savol ostida turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring