Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi

Andijonda temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UKning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i M.M. «P.t.» MChJga aholiga arzon narxlarda ko‘mir yetkazib berishda temir yo‘l xarajatlari uchun imtiyoz berilganligidan foydalanib, MChJ ish yurituvchisi D.Z.ga go‘yoki imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring