Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda choyxona yonib ketdi

Andijonda choyxona yonib ketdi

Bugun 21-yanvar kuni Andijon viloyati Andijon tumanidagi choyxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun 14:41 da Andijon viloyati Andijon tumani Qo‘shariq dahasida joylashgan choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida choyxonaning taxminan 70 kv.m maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring