Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar Azizxon Maksumov Andijon viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring