Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amity universitetida ICTACS 2024 konferensiyasi tashkil etildi

Amity universitetida ICTACS 2024 konferensiyasi tashkil etildi

Toshkent shahridagi Amity universitetida «Sanoat va ilm-fan o‘rtasidagi tafovutni ilg‘or texnologiyalar yordamida bartaraf etish» mavzusida Hisoblash fanlaridagi texnologik yutuqlar bo‘yicha IV xalqaro konferensiya (ICTACS 2024) tashkil etildi.

Ushbu konferensiya ilmiy bilimlar va texnologik innovatsiyalar almashinuvi uchun xalqaro platforma vazifasini ham o‘tadi. Bu yil uning mavzusi «Sanoat va ilm-fan o‘rtasidagi tafovutni ilg‘or texnologiyalar yordamida bartaraf etish» – eng so‘nggi texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim va ilmiy muhit hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish usullarini muhokama qilish uchun tanlandi.

Konferensiyaning ochilishi 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va ilmiy jamoatchilik hamda soha vakillari uchun muhim voqeaga aylandi. Anjuman Toshkent shahridagi Amity universiteti direktori Bobur Abdullayevning nutqi bilan tantanali ravishda boshlandi.

Bobur Abdullayev o‘z nutqida anjumanning ahamiyatini, raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar va mutaxassislar o‘rtasida bilim, tajriba almashish muhimligini hamda raqamli davrning dolzarb vazifalarini birgalikda hal etish uchun ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida yaqin hamkorlik zarurligini ta’kidladi.

ICTACS 2024’ning asosiy maqsadi olimlar, tadqiqotchilar va sanoat vakillarini kompyuter fanlari sohasidagi dolzarb muammolarni, jumladan, sun’iy intellekt, mashinaviy ta’lim, katta ma’lumotlar, buyumlar interneti va kiberxavfsizlikni muhokama qilish uchun birlashtirish edi. Anjuman ishtirokchilarga bilim almashish, aloqalarni o‘rnatish va qo‘shma tadqiqot loyihalarini taklif qilishda ko‘maklashdi.

ICTACS 2024 ilmiy ishlanmalarni amaliy qo‘llash uchun moslashtirish yo‘llarini muhokama qilish imkonini berib, ilm-fan maskani va biznes o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shdi. Bu, ayniqsa, tez o‘zgaruvchan texnologiya landshaftida muhim ahamiyatga egadir.

Anjumanda butun dunyodan yetakchi ekspert va mutaxassislar, jumladan, universitet tadqiqotchilari, muhandislar, yirik texnologik kompaniyalar va startaplar vakillari, shuningdek, dasturchilar ishtirok etdi. Mehmonlar orasida taniqli xalqaro kompaniya va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi, bu esa ishtirokchilarning dunyoqarashini kengaytirish va jahon miqyosida sinovdan o‘tgan innovatsiyalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Tadbir dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

  • Sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib beruvchi yetakchi olimlarning plenar taqdimotlari;
  • Akademik tadqiqotlarni biznes va sanoat ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha panel muhokamalari;
  • Ishtirokchilar kiberxavfsizlik, jarayonlarni avtomatlashtirish, aqlli tizimlarni rivojlantirish va ularning iqtisodiyotdagi roli bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini taqdim etuvchi mavzuli sessiyalar.

Ayniqsa, zamonaviy texnologiya kompaniyalari va tadqiqot markazlari uchun muhim bo‘lgan raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlikni rivojlantirish va ma’lumotlarni himoya qilishni kuchaytirish zarurligi haqidagi taqdimot alohida qiziqish uyg‘otdi.

ICTACS 2024 real sektorga innovatsiyalarni joriy etish va zamonaviy texnologiyalar chaqiriqlariga tayyor mutaxassislarni tayyorlash uchun universitet o‘quv dasturlarini moslashtirish naqadar muhimligini ko‘rsatdi. Ishtirokchilar kelgusida hamkorlik qilish yo‘llari, shuningdek, hisoblash fanlari yutuqlarini o‘quv jarayonlariga joriy etish usullarini muhokama qildilar.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha universitet va soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikka oid bir qancha strategik qarorlar qabul qilindi. Ushbu hamkorliklar ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, akademik bilim va amaliy tajribani uyg‘unlashtirgan yangi loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

ICTACS 2024 konferensiyasi Toshkent shahridagi Amity universitetining ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi o‘quv va ilmiy markaz maqomini tasdiqladi. Universitet barcha ishtirokchilarga va taklif etilgan ma’ruzachilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ilm-fan va sanoat uchun muhim natijalarga erishishga hissa qo‘shadigan kelgusi hamkorlikni intiqlik bilan kutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring