Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ai-80 benzindan voz kechishga 3 yildan beri harakat bo‘layotgani aytildi

Ai-80 benzindan voz kechishga 3 yildan beri harakat bo‘layotgani aytildi

Joriy yil 29-yanvar kuni Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. 

Bu haqdagi xabarlardan so‘ng jamoatchilik tomonidan turli fikrlar – ayrim o‘rinlarda e’tiroz, ayrimlarida esa qo‘llash ma’nosidagi munosabatlar bildirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirovning O‘zAga ma’lum qilishicha,  O‘zbekistonda Ai-80 benzindan butunlay voz kechish haqidagi gap kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolmagan: bu yo‘nalishda 3 yildan buyon ish olib borilyapti.

«Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yo‘nalishida 3 yildan buyon ish olib borilyapti. Hozirda Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish boshlangan.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosida 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi», – deydi «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi raisi o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring