Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi sekinlashdi

Aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi sekinlashdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot 3,6 foizga o‘sdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davrida 5,3 foizga o‘sgan edi. Taqqoslash uchun, joriy yilda aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi o‘tgan yilning mos dariga nisbatan 1,7 foizga sekinlashgan.

Yillar kesimida aholi jon boshiga YaIMning o‘sish (kamayish) sur’atlari:

— 2018-yil yanvar-sentyabr – 3,8 foiz;

— 2019-yil yanvar-sentyabr – 3,7 foiz;

— 2020-yil yanvar-sentyabr – -1,4 foiz;

— 2021-yil yanvar-sentyabr – 5,3 foiz;

— 2022-yil yanvar-sentyabr – 3,6 foiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring