Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6 oyda qancha go‘sht yetishtirilgan?

6 oyda qancha go‘sht yetishtirilgan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Xo‘jalik toifalari orasida go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 1 102,7 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Go‘sht yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Toshkent viloyatiga (12,3 %) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,8 %) kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring