Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+30. Koronavirusga chalinganlar soni oshdi

+30. Koronavirusga chalinganlar soni oshdi

2020-yil 6-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4094 (+30) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolari orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 nafari Andijon viloyatida (1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasidan chegara post orqali kelgan), 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3268 (+21) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (79 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 809 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring