Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2050-yilda saraton «erkaklar kasalligi»ga aylanadi

2050-yilda saraton «erkaklar kasalligi»ga aylanadi

Foto: Shutterstock

2050-yilga borib 65 yosh va undan katta yoshli erkaklar o‘rtasida saraton bilan kasallanish sezilarli tarzda ko‘payib, o‘lim holatlari soni oshadi. Charlz Darvin universitetining xalqaro olimlardan iborat jamoasi olib borgan tadqiqot natijalari Cancer jurnalida e’lon qilindi.

Olimlar yirik onkologik registrlar ma’lumotlariga asoslangan GLOBOCAN tizimi modeli va metodlaridan foydalanib, 185 mamlakatda saraton bilan kasallanish sur’atlarini prognoz qilishdi.

Aniqlanishicha, 2022-yildan 2050-yilga qadar saraton bilan xastalanish holatlari soni 10,3 milliondan 19 milliongacha (yoki 84 foizgacha) oshadi. O‘sma xastaliklari sababli o‘lim holatlari soni esa 5,4 milliondan 10,5 milliongacha (93 foizga) ortadi.

Xavotirli prognozlardan biri — 2050-yilga borib (2020 yilga nisbatan) 65 va undan katta yoshdagi erkaklar, shuningdek, taraqqiyotdan ortda qolayotgan mamlakatlar aholisi o‘rtasida saratonga chalinish holatlari qariyb ikki baravar ko‘payadi. Chorak asrdan so‘ng erkaklar va ayollarning saratonga chalinish holatlari sonida yaqqol farq paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, aksariyat erkaklar tibbiy ko‘rikdan o‘tishni ep ko‘rishmaydi, o‘z genetik risklari va biologik xususiyatlariga beparvolik qilishadi, nisbatan tamaki ko‘p chekib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishadi, qolaversa, ular ishlaydigan joylarda kanserogen ta’sirlar ko‘proq uchraydi. Bu omillar bir bo‘lib, erkaklar o‘rtasida saraton ko‘payishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring