Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yilda Ukrainaga harbiy xarajatlari uchun $120mlrd kerak bo‘ladi – WSJ

2025-yilda Ukrainaga harbiy xarajatlari uchun $120mlrd kerak bo‘ladi – WSJ

2025-yilda Ukrainaga harbiy xarajatlari uchun 120 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal ukrainalik amaldorga tayanib yozmoqda.

Ba’zi Ukraina rasmiylariga ko‘ra, G‘arb ittifoqchilari NATOga taklif o‘rniga yaqin yillarda mudofaa xarajatlarini oshirish uchun Kiyevga kerakli mablag‘ni taqdim etishi mumkin.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbning yordami Ukraina armiyasining texnika va qurollarga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini qondira olmasligini aytgan edi.

Shu bilan birga, Ukraina Tashqi ishlar vazirligining OAV tomonidan e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, Ukraina NATOga taklifdan boshqa har qanday xavfsizlik kafolatlarini rad etadi. Vladimir Zelenskiy yaqinda buni Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash sharti deb atadi. Biroq, 3-4 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Ukraina qurolli kuchlariga yordam berish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida NATO davlatlari rahbarlari Ukrainaga 2025-yilda harbiy yordam sifatida 40 milliard yevro ajratishga kelishib olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring