Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining oldi olindi

11,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining oldi olindi

11,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning aprel-may oylarida jami 11,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

- O‘zyo‘lko‘prik klasterining Navoiy filialining 2,0 mlrd so‘mlik;

- «Samarqand avtomobil zavodi» MChJning 1,97 mlrd so‘mlik;

- Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 813,5 mln so‘mlik;

- Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish korxonasining 600 mln so‘mlik;

- To‘rtko‘l tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 433 mln so‘mlik;

- Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazining 405 mln so‘mlik;

- Termiz davlat pedagogika institutining 383,1 mln so‘mlik;

- Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limining 250,5 mln so‘mlik;

- «Namangan suv ta’minoti» MChJning 240,8 mln so‘mlik;

- O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Qashqadaryo viloyati chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining 210 mln so‘mlik;

- Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 161,2 mln so‘mlik;

- Toshkent shahar 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 140,4 mln so‘mlik;

- Urgut «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyining 117,6 mln so‘mlik;

- Narpay tumani sport maktabining 108,6 mln so‘mlik;

- Ishtixon davlat o‘rmon xo‘jaligining 100 mln so‘mlik;

- Uchqo‘rg‘on tuman obodonlashtirish boshqarmasining 61 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi:

- Amudaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasining 946 mln so‘mlik;

- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyati filialining 720 mln so‘mlik;

- Mo‘ynoq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasining 627 mln so‘mlik;

- Bolalar milliy tibbiyot markazining 312 mln so‘mlik;

- Navoiy viloyat sport boshqarmasi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 167 mln so‘mlik;

- Yuqorichirchiq tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 160 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, ko‘rsatib o‘tilgan davlat xaridlari qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring