Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-4 sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

1-4 sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

Respublika bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Bu bilan qariyb 2,5 million nafar o‘quvchi qamrab olinadi.

Umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilingan 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada, joriy yilda bepul ovqat berish tizimi bilan 2,5 mln nafar  o‘quvchini qamrab olish va ushbu maqsadlarga 2,7 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratish ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, huddi shunday tizim 2022-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda bu tizim 273 ming nafar o‘quvchini qamrab olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring