Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Sheraliyev

Muammodan qutulish uchun undan qochish emas, uni hal qilish kerak!

Rossiya koronavirusga davo topdimi?

Rossiya koronavirusga davo topdimi?

Illyustrativ foto

Bir necha kundan beri menga Rossiya televideniyesida chiqqan bir rolikni qayta va qayta yuborishmoqda. Unda aytilishicha, Rossiyada ishlab chiqarlayotgan kalidavir preparati COVID-19 xastaligida samarali ta’sirga ega ekan. Aytilishicha, unga talab kundan-kunga ortmoqda va u koronavirusni davolar ekan. Mendan ushbu xabar to‘g‘rimi, deb so‘rashmoqda. Xo‘sh, haqiqiy ahvol qanaqa?

Kalidavir bu – lopinavir va ritonavir preparatlarining yig‘indisidan tashkil topgan OIV virusiga qarshi qo‘llaniladigan preparat. U haqiqatdan ham OIV virusida samarali natija beradi. Bu endi alohida mavzu.

Ushbu preparat COVID-19 xastaligida qanday natija beradi? Men mutaxassis sifatida TVda aytilayotgan bu boradagi ma’lumotlarga, to‘g‘risi, ishonmayman. Faqatgina ilmiy asoslangan manbalarga ishonaman.

Xullas, izlab ko‘rsam ushbu preparatning COVID-19ga ta’siri to‘g‘rida Xitoy va AQSh mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqot ishlari bor ekan. Ikkisida ham ushbu preparat COVID-19 hech qanday ijobiy foyda bermasligi haqida yozilgan. Shunday ekan, Rossiya TVsi tarqatgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb xulosa qilish mumkin.

Yuqorida aytganim ikkala ilmiy maqolaga havola qoldiraman, qiziquvchilar bo‘lsa kirib bemalol o‘qib ko‘rishlari mumkin:

1) Xitoyliklar yozgan maqola

2) Amerikaliklar yozgan maqola

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring