Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanangiz qanchalik qariganini o‘zingiz ham tekshirsangiz bo‘ladi

Tanangiz qanchalik qariganini o‘zingiz ham tekshirsangiz bo‘ladi

Foto: Focus and Blur/Shutterstock/FOTODOM

Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarining aytishicha, bir oyoqda qancha vaqt turishga qarab organizmning qarish darajasini aniqlash mumkin. Bu haqda Metro nashri yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, insonning umri o‘tgani sayin bir oyoqda muvozanatni saqlagan holda tik turish qobiliyati susayib boradi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir oyoqda muvozanatni saqlab turish o‘rtacha vaqti turli yoshlar uchun quyidagicha:

  • 18 dan 39 yoshgacha — 43 soniya;
  • 40 dan 49 yoshgacha — 40 soniya;
  • 50 dan 59 yoshgacha — 37 soniya;
  • 60 dan 69 yoshgacha — 30 soniya;
  • 70 dan 79 yoshgacha — 18-19 soniya.

80 yoshdan oshganlar bir oyoqda 5 soniyadan sal ko‘proq turishlari mumkin.

Bu usulni sinab ko‘rishda hech narsaga suyanmasdan bir oyoq ko‘tarilgan, qo‘llar sonlarga qo‘yilgan, ko‘zlar ochiq holatda bo‘lishi shart. Sanoq oyoq yerdan uzilganidan boshlanib, yerga tegishiga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring