Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stressdan xalos qiladigan eng yaxshi ichimlik nomi aytildi

Stressdan xalos qiladigan eng yaxshi ichimlik nomi aytildi

Stressdan xalos bo‘lish uchun eng yaxshi ichimlik bu – kakao.

«Kakao qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sirga ega, shuningdek, miyaning oziqlanishini yaxshilaydi. Unda B guruh vitaminlari mavjud bo‘lib, ular miyaning oziqlanishini sezilarli darajada yaxshilaydi, uning bezovtaligini kamaytiradi», – dedi diyetolog Mixail Ginzburg.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kakao tarkibida magniy mavjud bo‘lib, u miyani tinchlantirishga va xavotirni kamaytirishga yordam beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ichimlik tez o‘tadigan stressga qarshi kurashda tengsizdir.

Surunkali stress holatida mutaxassis ovqatlanish ratsioniga dengiz baliqlari, kefir, yogurt, sabzavotlar kabi mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring