Sochlarni erta oqarishdan asrovchi mahsulotlar — diyetolog tavsiya qiladi

Temir, rux, mis moddalari, B12, D, A darmondorlari, foliy kislotasi va selenga boy oziq-ovqatlar sochlarga erta oq tushishining oldini oladi. Britaniyalik farmatsevt va diyetolog Paula Martin Klares Bristol Life nashri bilan suhbatda bu haqda ma’lum qildi.
Sabzi A vitaminiga boy, shu bois nafaqat ko‘z salomatligi, shuningdek, sochlar uchun ham foydalidir.
Brokkolini doim iste’mol qilish lozim. Bu sabzavot B, C va A darmondorilarining koni.
Rux va selenga boy yong‘oq sochlarning erta qarishi (yoki oqarishi)ning oldini oluvchi gormonlar ishlab chiqaradi.
Chechevitsa organizmda temir moddasi yetishmovchiligini to‘ldirishda yordam beradi, losos, sardina va skumbriya kabi baliqlar esa organizmni omega-3 va kalsiy bilan ta’minlaydi.
Tovuq tuxumining sochlar uchun ahamiyati juda katta. Biotinga boy bu mahsulot sochlarni qurib qolishdan asrab, sog‘lom ko‘rinish beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter