Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Nukus: ovqatdan zaharlangani aytilayotgan bolalarning biri vafot etdi

Yana Nukus: ovqatdan zaharlangani aytilayotgan bolalarning biri vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning tez tayyor bo‘ladigan «lapsha»dan zaharlanib shifoxonaga tushgani va bolalarning bir nafari vafot etgani, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda ekani haqida xabar tarqaldi.

O‘zA axborot agentligi Qoraqalpog‘iston SSVga tayanib ikki bolaning biri shifoxonada vafot etganini tasdiqladi. Ammo ularning ovqatdan zaharlangani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

«Haqiqatan ham ikki nafar bola kasalxonaga olib kelingan. Bir nafarining ahvoli og‘ir bo‘lganligi tufayli vafot etgan, bir nafarining sog‘ligi yaxshi. Ammo ularni aynan «lapsha»dan zaharlangan deb aytishga erta. Hozirda tibbiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan bunga aniqlik kiritiladi», –  deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusdagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida bir kishining vafot etgani ma’lum qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring