Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda Shahriyorning qo‘lga olingani rad etildi

Xonanda Shahriyorning qo‘lga olingani rad etildi

Bir muddat oldin Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 24 fevral, dushanba kuni Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilgani hamda qonuniy chora ko‘rish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirilganligi haqida axborot tarqatgan edi. 

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu xabarni ayrim ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchi shaxs xonanda Shahriyor ekanligini yozib tarqatishgan.

«Ushbu axborot haqiqatdan yiroqligini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.

Rasmiy munosabatda, shuningdek, bu kabi xabar tarqatish JPKning 23-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunning 14-moddasi hamda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunni 6-moddasini qo‘pol ravishda buzish ekanligi eslatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring