Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vagonlardagi konditsionerlar anomal issiq sabab ishlamay qolgan – «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Vagonlardagi konditsionerlar anomal issiq sabab ishlamay qolgan – «O‘zbekiston temir yo‘llari»

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha nafar san’atkorlarning joriy yil 12-iyul kuni «Xiva — Andijon» yo‘nalishida harakatlangani va yo‘l davomida vagonda sovutish tizimi ishlamagani aytilgan videotasvir tarqaldi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, san’atkorlar chiqqan vagonda texnik nosozlik aniqlanganiva yo‘lovchilar vaqtincha boshqa vagonga o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.

Biroq, mazkur holat ijtimoiy faol fuqarolar tomonidan oldin ham kuzatilgani va bir necha bor murojaatlar qilingani sabab temir yo‘l kompaniyasining rasmiy munosabati aks ta’sir ko‘rsatib, keskin muhokamalarni boshlab berdi.

Jumladan, avvaldan ishlamagan sovutish tizimi bilan harakatlangan vagonlar uchun yo‘lovchilarga aldab chipta sotilgani aytildi.

Kompaniya, holat yuzasidan qo‘shimcha qilib, «tarqalayotgan xabarlar har xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqargani»ni aytadi.

Shuningdek, «vagonga o‘rnatilgan sovutish tizimi, texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati 40 daraja issiqdan yuqorilab ketganda, tizimning sovutish samaradorligining yo‘qolishini, hozirda mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning  sovutish tizimlarida nosozliklar kuzatilayotgani»ni tushuntiradi.

Biroq, meteorolog mutaxassis Erkin Abdulahatovning yozishicha, O‘zbekistonda anomal issiq yil boshidan beri kuzatilmadi, shu bilan birga, O‘zgidromet ham bu borada aholini ogohlantirgani yo‘q (Hukumatning 2021-yil 6-avgustdagi 501-sonli qaroriga ko‘ra, aholi bu haqda ogohlantirilishi kerak).

O‘z navbatida, ushbu masalaga Raqobat qo‘mitasi e’tibor qaratib, bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish bo‘yicha «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJga tegishli tartibda so‘rov yuborganini, hozirda Qo‘mita tomonidan bu kabi holatlar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring