Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Oliy sud xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda Oliy sud xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati katta konsultanti fuqarodan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan ushbu amaldor muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan jinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning appelyasiya bosqichida ko‘rilayotgan da’vo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilib, 600 AQSh dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring