Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda kripto-aktiv sotgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Joriy yil 13-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullangan 1999-yilda Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan K.A.ni MJtKning 155-4- moddasi 1-qismi bilan aybli deb topdi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Shuningdek, sud jinoyat quroli sifatida e’tirof etib uning Iphone 12 Pro Max telefonini tegishli tartibda yo‘q qilishga qaror qilgan.

Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 6-avgust kuni Toshkent shahar IIBB Kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan murojaat yuzasidan tergovaga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda K.A. ga tegishli telefondan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlangan. Sud majlisida so‘ralgan ayblanuvchi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha aybini tan olib, kripto-aktivni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullanganini, kripto-aktivni o‘z akkaunti orqali yig‘ganini hamda kripto-aktivlarni onlayn bo‘limi orqali sotganini bildirgan.

Sud K.A.ga 15 sutka qamoq jazosi tayinlash bilan birga, uning hisobidan qamoqni har bir kuni uchun qabul qilish muassasasi foydasiga BHMning 15 foizi, ya’ni 765 ming so‘m undiruv tayinlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring