Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida qariyb 2 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Toshkent viloyatida qariyb 2 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Toshkent viloyatida «L.A. » va «Z.P.» MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan fuqaro S.O. ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib katta miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, bosh hisobchining jinoiy yo‘llar bilan o‘zlashtirgna pul mablag‘lari miqdori 1,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring