Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 20 yoshli bemor oshqozonidan to‘g‘nog‘ich va mixlar olib tashlandi

Buxoroda 20 yoshli bemor oshqozonidan to‘g‘nog‘ich va mixlar olib tashlandi

Joriy yil 4-mart kuni RShTYoIM Buxoro filialiga 2005-yilda tug‘ilgan bemor ko‘ngil aynishi, epigastral sohasidagi kuchli og‘riq va ovqat o‘tishining qiyinlashishidan shikoyat qilib murojaat qilgan.

«Shoshilinch tez yordam»ning Buxoro filiali axborot xizmati xabariga ko‘ra, bemor psixiatr nazoratida ro‘yxatda turgan va anamnezidan 2 kun oldin ko‘p to‘g‘nog‘ich va mix yutganligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, unda o‘tkazilgan rentgenografiya tekshiruvida oshqozon va 12 barmoqli ichakda ko‘p sonli metalsimon yot jismlar, FGDS tekshiruvi orqali oshqozonning pilorik qismida katta egriligida metalsimon ko‘p sonli 5 sm va 2 sm uzunlikdagi metal to‘g‘nog‘ich hamda mixlar borligi aniqlandi.

Bemorda zudlik bilan endoskopik amaliyot usuli muvaffaqiyatli bajarilgan. Xirurg endoskopist A.Haydarov tomonidan maxsus endoskopik qisqich «Krokodil tishi» va maxsus endoskopik ilgaklar yordamida bosqichma-bosqich 5 dona to‘g‘nog‘ich va 6 dona mix yot jismlari bemor oshqozoni va 12 barmoqli ichak bo‘shlig‘idan olib tashlandi.

Hozirda bemorning ahvoli ijobiy. Oshqozon ichak traktidagi patalogik muammolar bartaraf qilinishiga erishilgan.

Qayd etilishicha, amaliyotda yot jismlarning oshqozon, ichak va boshqa organlarga tushishi holatlari 1 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarda ko‘p uchrab turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring