Ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar muhokama qilindi
Kecha 23-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda qator xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim masalasiga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro ta’lim kuni arafasida O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini e’tirof etib o‘tdi.
«Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlashga intilamiz.
Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik», – dedi S.Mirziyoyeva.
U, shuningdek, tomonlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida sifatli ta’lim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratilishiga umid bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter