Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan yana bir guruh vatandoshlarni mukofotladi

Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan yana bir guruh vatandoshlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh vatandoshlarni mukofotlashga doir Farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy yangilanishga erishish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun 200 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar mukofotlandi.

Jumladan:

  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» faxriy unvoni bilan – 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan – 2 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan – 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan – 3 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan – 2 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan – 3 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan – 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan – 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi» faxriy unvoni bilan – 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan – 1 nafar; 
  • «El-yurt hurmati» ordeni bilan – 4 nafar;
  • «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan – 5 nafar;
  • «Mehnat shuhrati» ordeni bilan – 16 nafar;
  • «Do‘stlik» ordeni bilan – 44 nafar; 
  • II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan – 4 nafar; 
  • «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan – 14 nafar;
  • «Jasorat» medali bilan – 14 nafar; 
  • «Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar) – 14 nafar; 
  • «Shuhrat» medali bilan – 70 nafar o‘zbekistonlik mukofotlandi. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin ham Prezident Mirziyoyev bir guruh faollarni mukofotlashga doir hujjatga imzo qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring