Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Palma yog‘ini import qilishda sifat nazorati kuchaytiriladi – loyiha

Palma yog‘ini import qilishda sifat nazorati kuchaytiriladi – loyiha

O‘zbekistonga import qilinadigan palma yog‘i va boshqa turdagi tayyor iste’mol o‘simlik moylarining har bir partiyasi uning standart talablariga mosligini aniqlash bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng respublika hududiga kiritishga ruxsat beriladi. 

Ushbu tartib Prezidentining «Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Bunda mahsulotni qadoqlanmagan (to‘kma) holda keltirilishida faqatgina xalqaro me’yorlar (ISO) talablariga javob beradigan sig‘imlardan foydalanilganda ruxsat beriladi.

Qayd etilishicha, bu yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish, sifatsiz mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring