O‘zbekistonda Xitoyning Xidian universiteti filiali ochilishi mumkin
2025-yildan boshlab Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Xitoyning Xidian universiteti hamkorligida o‘zbek yoshlari uchun raqamlashtirish sohasiga qaratilgan ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonovning Xitoyga xizmat safari doirasida Xidian universiteti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini raqamlashtirish, ta’lim va yangi innovatsiyalar orqali yanada mustahkamlash borasida hamda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Qolaversa, universitetning O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil qilish masalasi ham tegishli darajada muhokama qilinayotgani va imkoniyatlar o‘rganilayotgani ma’lum qilindi hamda universitet tomonidan O‘zbekistonda IT ta’lim markazi tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Vazir o‘rinbosari tomonidan raqamli ta’limni rivojlantirish va XXRning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish uchun malakali mutaxassisni o‘zbek universitetiga jalb qilish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida, universitet Toshkent shahridagi INHA universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun, Xidian universiteti 1931-yil tashkil topgan bo‘lib, Xitoydagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet elektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalarida kuchli ilmiy bazasi bilan mashhur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter