Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda oliy diniy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda oliy diniy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi

Imom Termiziy nomidagi islom instituti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, mazkur oliy ta’lim muassasasi Termiz shahrida 2020-2021 o‘quv yilida ochilgan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining uzviy davomi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Ayni paytda Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilinmoqda. O‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 14-avgustdan 20-avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Abituriyentlar arab tili, hadis va mustalahul hadis (ijodiy) hamda tarix fanlaridan imtihonlarini topshiradilar.

Hozircha qabul imtihonlari o‘tkaziladigan sana bo‘yicha ma’lumot berilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring