Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston pullari ipak qo‘shilgan maxsus qog‘ozlarda bosilishi mumkin

O‘zbekiston pullari ipak qo‘shilgan maxsus qog‘ozlarda bosilishi mumkin

Adliya vazirligi «Davlat belgisi» DUK, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari o‘zaro hamkorligida innovatsion usulda tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan himoyalangan qog‘ozlarni tayyorlash bo‘yicha izlanishlariga patent berdi.

Qayd etilishicha, tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va bu banknotlar, qimmatli qog‘ozlar hamda boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlarini oshiradi.

Ya’ni, mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qimmatbaho qog‘ozni boshqa turdagi qog‘ozlardan ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluoressent eritmasi shimdiriladi. Ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi. Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring