Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonning Ganjasida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi

Ozarbayjonning Ganjasida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi

Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan biri — Ganjada O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu voqea qardosh mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamda sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, Ganjada O‘zbekiston faxriy konsulxonasining ochilishi ikki qardosh mamlakat solnomalarida tarixiy voqea sifatida qayd etilishi aytib o‘tildi.  

«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi birinchi faxriy konsuli etib Kyanan Jalilov tayinlangan.

«Faxriy konsulxonasi o‘z okrugi doirasida mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, yurtimizga investitsiya va sayyohlarni jalb etish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi», – deyiladi xabarda.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng elchixona xodimlari tomonidan ushbu shaharda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring